Karta Visa Infinite
Qulaylik va imtiyozlarning yangi darajasi
Sayohatlardagi imtiyozlar
Biznes-zallarga kirish, Fast Track va rouming bepul
Bepul sug'urta
Butun oila uchun to'liq sayohat sug'urtasi
Hamkorlardan chegirmalar
Restoranlar, shopping, go‘zallik, sport va sayohat
Konsyerj xizmati 24/7
Kundalik masalalarda hamda ta'tilni tashkil qilishda yordam beradi
NBUning Visa Infinite kartasi - noyob imtiyozlar va xizmatlar to‘plamini o‘z ichiga olgan karta
Barcha xizmatlar narxiga QQS kiritilgan | |
---|---|
Kartani chiqarish (emissiyasi) | |
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash yoki ish joyi bo‘lgan rezidentlarga va norezidentlarga | 2 500 000 so'm |
b) doimiy yashash joyi bo'lmagan norezidentlarga | 5 000 000 so'm |
Karta valyutasi | USD / UZS |
Kamaytirilmaydigan qoldiq va dastlabki to'lov | $200/1 600 000 so'm |
Asosiy va/yoki qo'shimcha kartani qayta chiqarish* | 100 000 so'm |
Boshqa banklarning terminallari yoki bankomatlaridan naqd pul yechish | Operatsiya summasining 1% |
Tovarlar va xizmatlarni to'lashda komissiya | 0% |
* mijozning to'liq ismi o'zgargan, karta yo'qolgan/yaroqsiz bo‘lgan, parol yo'qolgan, firibgarlik xatti-harakatlari sodir etilganlikda gumon qilingan taqdirda, shuningdek mijoz uni bankka qaytarib bermagan taqdirda, shu jumladan, maxsus karta hisobvarag'ini yopish uchun ariza berilganda |
Kartangizni yo`qotdingiz, yoki amal qilish muddati tugadimi? Yangi karta olish uchun formani to`ldiring
Dunyo bo'ylab bonuslar
Visa karta egalari uchun Garmin Pay kontaktsiz toʻlov xizmati
Endi Garmin Pay O‘zbekiston Milliy bankining Visa kartalari uchun erishimli. Bu demak, siz kontaktsiz to'lovlarni qabul qiladigan har qanday do'konlarda Garmin qurilmangiz orqali Milliy bank Visa kartalaringizdan kontaktsiz to'lovlar uchun foydalanishingiz mumkin
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Milliy ilovasini yuklab oling
Onlayn ariza qoldiring
Kartani eng yaqin bank ofisidan oling
NBU – dan Visa Infinite kartasi bo‘yicha imtiyozlarni olishning barcha shartlarini qanday bilib olish mumkin?
Imtiyozlar va xizmatlarni olish uchun batafsil shartlar VISA saytida havola orqali joylashtirilgan. Shuningdek, siz konsyerj xizmati orqali kerakli ma'lumotlarni aniqlab olishingiz mumkin.
Konsyerj xizmati bilan qanday bog‘lanish mumkin?
Messenjerlardan birida (Telegram, Viber, Whatsapp) Visa Concierge chat-boti dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 konsyerj xizmati bilan bog'lanish imkonini beradi.
Sug‘urta qachon amal qilishni boshlaydi?
Agar Siz quyidagilarni amalga oshirsangiz, chet elga sayohat qilishda sug'urtangiz avtomatik ravishda ishlay boshlaydi:
• Ikki tomonlama chiptalarni Visa premial kartasi bilan to‘lagan bo‘lsangiz.
• Sayohat boshlanishidan oldin Visa premial kartasi bilan turar joyni bron qilgan va to'lagan bo‘lsangiz
• Sayohat boshlanishidan oldin chiptalarni ham, turar joyni ham Visa premial kartasi bilan to'lagan bo‘lsangiz.
Doimiy yashab turgan mamlakatingiz bo'ylab sayohatlarda, agar siz sayohat boshlanishidan oldin uyingizdan kamida 100 km masofada kamida 2 kechaga Visa premial kartasi bilan turar joyni oldindan bron qilgan bo'lsangiz, sug'urtangiz avtomatik ravishda ishlay boshlaydi.
E'tibor bering, sug'urta ishlay boshlashi uchun transport va/yoki turar joy to'lovini Visa premial kartasi bilan to‘lash talab qilinadi (kartadagi ism chiptalardagi va/yoki turar joyni bron qilishdagi ismga mos kelishi kerak).
Toshkent shahri aeroportida yuklarni bepul o‘rash xizmatidan qanday foydalanishim mumkin?
Bagajingizni bepul o‘rash uchun uchun sizga quyidagilarni amalga oshirishingiz kerak:
• Tashkent International Airport-ning ikkinchi qavatidagi jo'nash joyida joylashgan bagajni o‘rash peshtaxtasiga borishingiz kerak, o‘rash punkti chap tomondagi kirish eshigi yonida, burchakda joylashgan.
• Xodimga Visa Infinite premial kartangizni taqdim etishingiz va xizmatdan foydalanmoqchi ekanligingizni bildirishingiz kerak.
• Taqdim etilgandan so'ng, karta tasdiqlash terminali yordamida bepul o‘rashlar soni mavjudligiga tekshiriladi.
Visa Infinite karta egalari uchun xizmat yiliga 6 marta erishimli.
Toshkent shahri aeroportida reysni kutish uchun CIP-zalga bepul kirish xizmatidan qanday foydalanish mumkin?
• Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportidagi CIP zalining peshtaxtasiga boring.
• Xodimga Visa Infinite premial kartangizni taqdim eting va xizmatdan foydalanmoqchi ekanligingizni bildiring.
• Taqdim etilgandan so'ng, karta tasdiqlash terminali yordamida bepul o‘tish mavjudligiga tekshiriladi. Agar karta faol bo'lsa va bepul o'tishlar mavjud bo'lsa, peshtaxtadagi xodim xizmatni bepul taqdim etadi.
Kalendar yili davomida Visa premial kartalari egalari uchun xizmat yiliga 6 marta erishimli. 2024 yil 1 iyuldan boshlab esa – yiliga 10 marta.
Diqqat! CIP-zalga bepul kirish imtiyozidan foydalanish uchun Visa Infinite kartalari egalari 35 (30+5) kun davomida umumiy 6 000 000 so‘mga (yoki ushbu summaning boshqa valyutadagi ekvivalentiga) xaridlarni amalga oshirishlari kerak
Xaridlar chet elda ham, O‘zbekiston hududida ham amalga oshirilishi mumkin (barcha Uzcard va Humo terminallarida).
Qanday qilib Toshkent shahri aeroportidan bepul transferga buyurtma berish mumkin?
• Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportning kelish terminalida joylashgan Taxi Airport Tashkent peshtaxtasiga boring.
• Xodimga Visa Infinite premial kartangizni taqdim eting va bepul transfer xizmatidan foydalanmoqchi ekanligingizni bildiring.
• Taqdim etilgandan so'ng, karta tasdiqlash terminali yordamida xizmat erishimliligiga tekshiriladi. Agar karta faol bo'lsa va bepul yurishlar mavjud bo'lsa, peshtaxtadagi xodim xizmatni bepul taqdim etadi. Agar mavjud bo'lmasa, u to'lovni amalga oshirishni taklif qiladi.
Shartlari:
Kalendar yili davomida Visa premial kartalari egalari uchun xizmat 6 marta erishimli bo'ladi.