Ko'p beriladigan savollar
Kredit rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Kredit rasmiylashtirish uchun qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Ish joyidan olingan daromadni tasdiqlaydigan, bеlgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma;
Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar talab etiladi.
Onlayn kredit qanday rasmiylashtiriladi?
Onlayn kredit identifikatsiyadan o’tkazilgan “Milliy” mobil ilovasi orqali masofadan rasmiylashtiriladi.
Qarz oluvchining HUMO plastik kartasiga oxirgi uch oy davomida uzluksiz ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lar tushgan bo‘lishi kerak.
Kredit to’lovlarini bankka bormay amalga oshirsa bo’ladimi?
Albatta! Identifikatsiyadan o’tkazilgan Milliy ilova orqali mijozlar kredit to’lovlarini amalga oshirishi hamda monitoring qilib borishi mumkin.
Jismoniy shaxslar uchun kreditlar necha yoshdan ajratiladi
Jismoniy shaxslar uchun kreditlar daromadga ega 18 yoshdan 65 yoshgacha O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslara ta’lim krediti ajratiladimi?
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ta'lim krediti ajratilmaydi.
Namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi asosida 20___ yilda ipotеka krеditi olganman.
Namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi asosida 20___ yilda ipotеka krеditi olganman. Hozirga qadar krеdit bo‘yicha yillik 7 foiz miqdorida ustama to‘lab kеlayotgandim. Biroq, hozirda 20___ yil _____ oyidan boshlab Bank krеdit bo‘yicha foiz stavkasini oshirib qo‘yibdi. Shu to‘g‘rimi ?
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 2016 yil 21 oktabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2639-sonli Prеzidеnt qaroriga asosan, 2017-2021 yil dasturi bo‘yicha arzon namunaviy uy-joylar uchun ipotеka krеditlari 20 yil muddatga 1 yillik imtiyozli davr hamda dastlabki 5 yil davomida qat’iy bеlgilangan yillik 7 foizdan Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi darajasigacha har yili bir mе’yorda oshib boradigan stavkada va kеyingi 15 yil davomida Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida ajratilishi bеlgilangan.
Ushbu shartlar Siz bilan Bank o‘rtasida imzolangan krеdit shartnomasida alohida band sifatida qayd etib o‘tilgan.
Shu sababli, ushbu holatda Bank xatti-harakatlari to‘g‘ri.
Kartani blok holatidan chiqarish uchun nima qilish kerak?
Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Kartaga sms xabarnoma yoqish tartibi qanday?
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Bank filiallariga bormasdan kartaga onlayn buyurtma berish imkoni mavjudmi?
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
Karta PIN kodini unutdim
Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
Karta (UzCard/HUMO) yo’qotilganda qanday bloklash mumkin?
Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Milliy mobil ilovasini identifikatsiyadan o’tkazish tartibi qanday?
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan telefon raqamni qanday o’zgartirsa bo’ladi?
Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Elektron hamyon nima?
Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
Ilova PIN kodini unutdim
Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
O'zmilliybankda qanday xalqaro pul o’tkazmalari mavjud?
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Sberbank orqali pul o’tkazmalari haqida ma’lumot
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.
O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
Visa Direct bu?
Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
Pul o’tkazmasini qabul qilish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
o’tkazma nazorat raqami
jo’natuvchining ism Sharifi
jo’natuvchining mamlakati
kutilayotgan pul miqdori
SWIFT kod
NBFAUZ2X
Masofadan turib omonat ochish mumkinmi?
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
Mening omonatimni yaqin qarindoshlarim to’ldira oladimi?
Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
Onlayn omonatni yopish uchun bankka murojaat qilish kerakmi?
Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
Kapitalizatsiya nima?
Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
Talab qilib olinguncha omonatlar.
Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.
Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari;
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari qanday?
Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.
Kredit uchun ta’minotning qanday turlari qabul qilinadi?
Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.
Kreditning muddatidan avval so'ndirish shartlari qanday?
Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.
Biznes tarixi mavjud bo'lmaganda kredit olish imkoni bormi?
Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.
Qanday yashirin xarajatlar yoki qo‘shimcha shartlar bo‘lishi mumkin?
Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan
Avtokredit olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma)
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa)
Yuridik shaxslar uchun avtokreditlarning asosiy afzalliklari nimada?
- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish
Yuridik shaxslar uchun avtokredit olish arizasini ko'rib chiqish muddati qanday?
Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha
Avtokredit bo'yicha garovni taqdim etish shartlari qanday?
Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin
Avtokredit bo'yicha qanday turdagi avtomobillarni sotib olish mumkin?
Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati
Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari;
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Biznes tarixi mavjud bo'lmaganda kredit olish imkoni bormi?
Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.
Kreditning muddatidan avval so'ndirish shartlari qanday?
Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.
Arizani ko'rib chiqish muddatlari qanday?
Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.