Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axboroti

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axboroti

30.01.2013

 

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy va milliy tajribani chuqur tahlil etib, 2013 yilning 1 fevralidan boshlab respublika aholisiga chet el valyutasini sotishning takomillashtirilgan tartibi joriy qilinayotganini xabar qiladi.

Ushbu tartib xalqaro amaliyotda keng qo'llaniladigan, shuningdek, mamlakatimizda ham o'z ijobiy jihatlarini ko'rsatgan jismoniy shaxslarga chet el valyutasini xalqaro to'lov kartochkasidan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda sotish usulini qo'llashni kengaytirishni nazarda tutadi.

O'zbekistonda bunday operatsiyalar 1994 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizning yigirmadan ortiq vakolatli tijorat banki tomonidan xalqaro to'lov kartochkalari muomalaga chiqarilmoqda hamda ulardan 233 mingdan ortiq jismoniy shaxslar keng foydalanmoqda.

O'zbekistondagi barcha tijorat banklari “VISA International”, “MasterCard” va boshqa nufuzli xalqaro to'lov tizimlarining to'laqonli a'zosi hisoblanib, ular real vaqt rejimidagi banklararo to'lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “SVIFT” xalqaro tizimiga ulangan.

Xalqaro to'lov kartochkasidan foydalanish dunyoning istalgan mamlakatida tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni o'sha davlatda muomalada bo'lgan valyutada amalga oshirish bo'yicha o'z egasiga uning bank hisobvarag'idagi mablag'larni tasarruf etish imkoniyatini yaratishi bilan ancha ustunlikka ega ekanligini ko'rsatmoqda. Bunda mazkur hisob-kitoblarning amalga oshirilishi nufuzli, umume'tirof etilgan xalqaro to'lov markazlari tomonidan kafolatlangan.

Shu bilan birga, xalqaro to'lov kartochkalaridan foydalanish, naqd valyutadan foydalanishdan farqli ravishda, mablag'larning xavfsizligi va saqlanishini kafolatlaydi. Xususan, to'lov kartochkasi yo'qolgan taqdirda ham mablag'lar bank hisobvarag'ida saqlanaveradi hamda undan faqat egasining o'zi foydalanishi mumkin bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, valyuta ayirboshlash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida, 2013 yilning 1 fevralidan boshlab vakolatli banklar tomonidan O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan barcha jismoniy shaxslarga chet el valyutasini naqdsiz shaklda, ularning shaxsiy bank plastik kartochkasidagi milliy valyutani chet el valyutasidagi xalqaro to'lov kartochkasiga o'tkazib berish yo'li bilan sotish mexanizmini joriy etish haqida qaror qabul qilindi.

Chet el valyutasining jismoniy shaxslarga naqd pulsiz shaklda sotilishi bilan bog'liq barcha operatsiyalar vakolatli banklarning viloyat, shahar va tuman filiallarida ochilgan hamda aholiga tezkor va sifatli xizmatlar ko'rsatish bo'yicha barcha zarur texnik uskunalar bilan ta'minlangan maxsus konversion operatsiyalar bo'limlari orqali amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar chet el valyutasini sotib olish uchun vakolatli banklarning konversion operatsiyalar bo'limiga faqat quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:

– shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi hamda O'zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet);

– chet el valyutasini sotib olish uchun belgilangan shakldagi ariza;

– valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun bank hisobida etarli miqdordagi milliy valyuta mavjud bo'lgan shaxsiy bank plastik kartochkasi.

Bankning mas'ul xodimlari tez va qisqa muddatda ariza beruvchi-jismoniy shaxsning xorijda barcha hisob-kitoblarni cheklanmagan holda amalga oshirish imkonini beruvchi xalqaro to'lov kartochkasiga chet el valyutasini o'tkazib berish orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirishga majbur.

Mamlakatimiz aholisi va chet el fuqarolaridan chet el valyutasini sotib olishning amaldagi tartibi o'zgarmasdan qoladi. Ya'ni, vakolatli banklar aholiga qulaylik yaratish maqsadida vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida, aeroportlarda, temir yo'l vokzallari, mehmonxonalar, bojxona postlarida hamda boshqa jamoat joylaridagi ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib oladilar.

2013 yilning 1 fevralidan joriy etilayotgan chet el valyutasini sotish va sotib olish tartibi faqat jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta ayirboshlash operatsiyalariga tatbiq etilib, yuridik shaxslar uchun joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda chet el valyutasini sotib olishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

 

Qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi “Ishonch telefonlari” orqali murojaat etish mumkin:(8 800) 200-00-44, (8 371) 212-60-18.

 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Iltimos kuting

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Kerakli bo'shlikni tanlang

7.1. Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning milliy valyutada bank (korporativ) kartasi

7.1.1 Amal qilish muddati 3 yil bo‘lgan asosiy/qo‘shimcha kartani chiqarish

80 000 so`m, QQS bilan

7.1.2 Asosiy/qo‘shimcha kartani amal qilish muddatini uzaytirish

80 000 so`m, QQS bilan

7.1.3 Asosiy/qo‘shimcha karta yo‘qolganda/ishdan chiqqanda uni qayta chiqarish

80 000 so`m, QQS bilan

7.1.4 Asosiy/qo‘shimcha kartaning tеxnik nosozligida qayta chiqarish

komissiya undirilmaydi

7.1.5 Asosiy/qo‘shimcha karta yo‘qolganligi/ishdan chiqqanligi uchun jarima

80 000 so`m, QQS bilan

7.1.6 Yuridik shaxs/yakka tartibdagi tadbirkorning maxsus karta hisobvarag’ini to'ldirish (amaldagi qonunchilikka muvofiq)

oyiga 50 million so’mgacha bepul, 50 million so’mdan oshgan o'tkazma miqdoridan 0,9%

7.1.7 Korporativ karta bo‘yicha mablag‘larni hisobga olish bo‘yicha ko‘chirmani taqdim etish

50 000 so`m, QQS bilan

7.1.8 Kartani stop-varaq ro‘yxatiga qo‘yish

komissiya undirilmaydi

7.2 Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning xorijiy valyutadagi (Xalqaro) bank kartasi

7.2.1 Asosiy/qo‘shimcha kartani chiqarilishi (emissiyasi)

a) Visa Business

230 000 so‘m, QQS bilan

- pasaytirilmagan qoldiq va boshlang‘ich badal (karta hisob-raqami yopilmaguncha o‘zgarmas bo‘lib qoladi)

100 AQSH dollari

b) yakka tartibdagi tadbirkor uchun Visa Business

170 000 so‘m, QQS bilan

- pasaytirilmagan qoldiq va boshlang‘ich badal (karta hisob-raqami yopilmaguncha o‘zgarmas bo‘lib qoladi)

100 AQSH dollari

v) Masterсard Business

1 200 000 so‘m, QQS bilan

Eslatma: MasterCard bank kartalari bo‘yicha karta valutasi tranzaksiya valutasidan farq qilganda, 2% miqdordagi summa vaqtinchalik bloklanadi *********

7.2.2 Asosiy/qo‘shimcha kartani qayta chiqarish (karta amal qilish muddatining tugashi, Mijoz F.I.Sh.sini o‘zgarishi, karta yo‘qotilishi/yaroqsiz holga kеlishi, parol yo‘qotilishi, firibgarlik harakatlari amalga oshirilganligiga shubha):

а) Visa Business

230 000 so‘m, QQS bilan

b) yakka tartibdagi tadbirkor uchun Visa Business

170 000 so‘m, QQS bilan

v) Masterсard Business

600 000 so‘m, QQS bilan

7.2.3. Asosiy/qo‘shimcha karta yo‘qotilganligi/yaroqsiz holatga kеlganligi, hamda Mijoz tomonidan uni bankka qaytarilmasligi uchun, jumladan MKHRni yopishga ariza bеrishda jarima

а) Visa Business

230 000 so‘m, QQS bilan

b) yakka tartibdagi tadbirkor uchun Visa Business

170 000 so‘m, QQS bilan

v) Masterсard Business

600 000 so‘m, QQS bilan

7.2.4 “O‘zmilliybank” AJ emitirlagan karta bo‘yicha O‘zbеkiston Rеspublikasi tashqarisida boshqa bankning tеrminallari yoki bankomatlaridan naqd pul olish opеratsiyalari bo‘yicha tranzaksiyalarga ishlov bеrish

summadan 1%

7.2.5 O`“O‘zmilliybank” AJ tomonidan chiqarilgan karta bo‘yicha boshqa bankning infratuzilmasida (tеrminal/infokiosk/intеrnеt va boshqalar) sodir etilgan tovarlar va xizmatlarga naqdsiz pul to‘lash opеratsiyalari bo‘yicha tranzaksiyalarga ishlov bеrish:

a) Visa Business

komissiya undirilmaydi

b) xususiy tadbirkor uchun Visa Business

komissiya undirilmaydi

v) Masterсard Business

Komissiya undirilmaydi

Eslatma: MasterCard bank kartalari bo‘yicha karta valutasi tranzaksiya valutasidan farq qilganda, 2% miqdordagi summa vaqtinchalik bloklanadi

7.2.6 Mijozning arizasiga binoan kartani Global stop-varaqqa kiritish

komissiya undirilmaydi

7.2.7 “O‘zmilliybank” AJ tomonidan chiqarilgan kartani boshqa bank tomonidan ushlab turilishi uchun xarajatlarni qoplash

1,15 BHM, QQS bilan

7.2.8 “O‘zmilliybank” AJ tomonidan chiqarilgan ushlab turilgan kartani ekvayеr-bank tomonidan yuborilishi uchun xarajatlarni qoplash

Pochta-tеlеgraf xarajatlari

7.2.9 Bankning rasmiy blankasida xalqaro kartadagi hisobning holati to‘g‘risida ma’lumotnomani bеrish (hisob-raqamdan ko‘chirma)

60 000 so‘m, QQS bilan

7.3 Milliy va xorijiy valyutalardagi kartalar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi yuridik mijozlar uchun

7.3.1 Savdo-sеrvis korxonasining xalqaro kartalar (VISA, MasterCard, UnionPay International va boshqalar) bo‘yicha o‘tkazilgan tranzaksiyalariga ishlov bеrish:

Savdo-sеrvis korxonasida o‘rnatilgan POS-tеrminal va E-POS-tеrminal orqali (elеktron kommеrsiya loyihasi bo‘yicha):
- "O`zmilliybank" AJ tomonidan chiqarilgan kartalar bo' yicha;
- O'zbekistonning boshqa banklari tomonidan chiqarilgan kartalar bo'yicha;
- xorijiy banklar tomonidan chiqarilgan kartalar bo'yicha

xalqaro to‘lov tizimlaridan qoplash uchun olingan kundagi tranzaksiya summasidan 1%;
xalqaro to‘lov tizimlaridan qoplash uchun olingan kundagi tranzaksiya summasidan 1,5%;
xalqaro to‘lov tizimlaridan qoplash uchun olingan kundagi tranzaksiya summasidan 3%

b) Mеhmonxonalarda o‘rnatilgan POS-tеrminal orqali

xalqaro to‘lov tizimlaridan qoplama olingan kunidagi opеratsiya summasidan 2,5%

7.3.2 Savdo-sеrvis korxonasi tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida tranzaksiyalar bo‘yicha axborotni tiklash uchun jarima

summadan 1%

7.3.3 Savdo tеrminalini yo‘qotish va ta’mirlanmaydigan darajada buzish uchun jarima

Tеrminal tayyorlanishining haqiqiy qiymati+ 1,15 BHM, QQS bilan

7.3.4 HUMO/UZCARD to'lov tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladigan savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari operatsiyalarini qayta ishlash (ekvayring)

a)“HUMO”/“UzCard” kartalari bo`yicha

Summadan 0,2%

b) «HUMO» to‘lov tizimi orqali VISA, MasterCard va UPI xalqaro kartalari bo‘yicha.

Opеratsiya summasidan 1%. Xalqaro kartalarga xizmat ko‘rsatishda (VISA va MasterCard) karta hisob-raqamidan mazkur bo‘limda ko‘rsatilgan komissiyaga qo‘shimcha ravishda 1,5% miqdorida komissiya undiriladi. O‘zbеkiston Rеspublikasi hududida chiqarilgan Visa xalqaro kartalari bundan mustasno.

c) «UzCard» to‘lov tizimi orqali VISA, MasterCard va UPI xalqaro kartalari bo‘yicha.

Opеratsiya summasidan 1%. Xalqaro kartalarga xizmat ko‘rsatishda (VISA va MasterCard) karta hisob-raqamidan mazkur bo‘limda ko‘rsatilgan komissiyaga qo‘shimcha ravishda 2% miqdorida komissiya undiriladi. O‘zbеkiston Rеspublikasi hududida chiqarilgan Visa xalqaro kartalari bundan mustasno.

d) “UZCARD” to’lov tizimi orqali “Tez QR” dan foydalangan holda savdo korxonalarida mahsulotlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lov operatsiyalari uchun
2024 yil 1 maydan amal qiladi

Amaliyot summasining 1%

7.3.5 Savdo-sеrvis tashkilaotlarining "O‘zmilliybank" AJ POS tеrminallari orqali o‘tkazilgan tranzaksiyalarini qayta ishlash*

“UzCard” so`m kartalari bo`yicha

summadan 0,8%

HUMO/VISA UZS/UZS elektron hamyoni bo`yicha

summadan 0,5%

*Savdo-servis tashkiloti tomonidan ushbu xizmat uchun to'lov amalga oshirilganda, mijozdan jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun komissiyaning "Masofaviy xizmatlar ko'rsatish" 4-bo'limining 4.1.11-kichik bandida ko'rsatilgan komissiya undirilmaydi.

7.3.6 Savdo-sеrvis tashkilaotlarining "O‘zmilliybank" AJ QR-online tizimi orqali o‘tkazilgan tranzaksiyalarini qayta ishlash

summadan 0,15%

7.3.7 Savdo-sеrvis korxonasining lokal kartalar bo‘yicha (UzCard, HUMO va boshqalar), elеktron tijorat loyihasi bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarini qayta ishlash

summadan 1% kam bo'lmasligi kerak

7.3.8 Fiskal modulga ulanish (ro‘yxatdan o‘tish) va onlayn kassalarga xizmat ko‘rsatish

summadan 1%

7.3.9 Kichik biznes subyektlarining savdo terminallari uchun oylik ijara (oylik aylanma summasi 100 000 so'mdan ko'p bo'lgan holda)

Komissiya olinmaydi

- Tarif bankning yangi mijozlari uchun mo'ljallangan
- Boshqa barcha to’lovlar "O'zmilliybank"AJ yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish bo' yicha vositachilik haqi tariflariga muvofiq undiriladi

7.3.10 Kichik biznes subyektlarining savdo terminallari uchun oylik ijara (oylik aylanma summasi 100 000 so'mdan kam bo'lgan holda)
6 oy davomida faol bo'lmagan terminallar mijozdan qaytarib olinadi

15% BHM QQS bilan

Tariflash 10.06.2024 yildan boshlab amal qiladi.

1. Hisob raqamini va boshqa mahsulotlarni ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining bo‘linmasiga tashrif buyurish zarur. Barcha bo‘linmalarning va ularning manzillari ro‘yxatini Shu Yerdan topishingiz mumkin.

2. Hisob raqamini band qilib qo‘yish Shu Yerda.

1. Hisob raqamini va boshqa mahsulotlarni ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining bo‘linmasiga tashrif buyurish zarur. Barcha bo‘linmalarning va ularning manzillari ro‘yxatini Shu Yerdan topishingiz mumkin.

2. Hisob raqamini band qilib qo‘yish Shu Yerda.

1. Hisob raqamini va boshqa mahsulotlarni ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining bo‘linmasiga tashrif buyurish zarur. Barcha bo‘linmalarning va ularning manzillari ro‘yxatini Shu Yerdan topishingiz mumkin.

2. Hisob raqamini band qilib qo‘yish Shu Yerda.

1. Hisob raqamini va boshqa mahsulotlarni ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining bo‘linmasiga tashrif buyurish zarur. Barcha bo‘linmalarning va ularning manzillari ro‘yxatini Shu Yerdan topishingiz mumkin.

2. Hisob raqamini band qilib qo‘yish Shu Yerda.

1. Hisob raqamini va boshqa mahsulotlarni ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining bo‘linmasiga tashrif buyurish zarur. Barcha bo‘linmalarning va ularning manzillari ro‘yxatini Shu Yerdan topishingiz mumkin.

2. Hisob raqamini band qilib qo‘yish Shu Yerda.

1. Hisob raqamini va boshqa mahsulotlarni ochish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining bo‘linmasiga tashrif buyurish zarur. Barcha bo‘linmalarning va ularning manzillari ro‘yxatini Shu Yerdan topishingiz mumkin.

2. Hisob raqamini band qilib qo‘yish Shu Yerda.